Eng ko‘p beriladigan savollar

Ushbu elektron ta'lim platformadan, barcha davlat idoralarida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari foydalanishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish orqali istalgan joydan turib, istalgan qurilma (telefon, planshet va kompyuter) orqali foydalanishingiz mumkin.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining o‘zini o‘zi rivojlantirish platformasi boshqa ta'lim platformalaridan quyidagi afzalliklarga ega:
1. O‘quv materiallari Davlat boshqaruvi akademiyasini yuqori malakali professor-o‘qituvchilari va davlat idoralarining tajribali ekspertlari tomonidan tayyorlangan;
2. Platforma avtomatik tarzda bilimingizni baholaydi va natijaga qarab kurslarni taklif qilish imkoniyatiga ega;
3. Tizimdan foydalanish uchun hech qanday to'lovlar talab etilmaydi;
4. Doimiy ravishda yangi o‘quv kurslaridan foydalanish;
5. Kurs yakunida imtihon topshiriladi va kursni muvafaqqiyatli tugatgan tinglovchilarga elektron serifikat taqdim etiladi.